“Kosmonavtlar” metro bekatida yo‘lga tushib qolgan mushuk qutqarildi

Hodisa poyezdlar harakatiga ta‘sir ko‘rsatmagan, mushuk ham zarar ko‘rmagan.

16-avgust kuni soat 20:01 atrofida Toshkent metropolitenining “Kosmonavtlar” bekatida metro yo‘lida yurgan mushuk aniqlangan. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” xabar berdi.

Holat metropoliten xodimlari tomonidan nazoratga olinib, “Tonnel inshootlar” xizmati texnik yordam ustasi M.Maxmayusupov mushukni xavfsiz joyga olib chiqqan.

Qayd etilishicha, hodisa poyezdlar harakat jadvaliga ta‘sir ko‘rsatmagan, mushuk ham zarar ko‘rmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling