Foto: Repost.uz
Dam olish kunlari Oʻzbekiston boʻyicha asosan yogʻingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet matbuot xizmati.
Respublika hududining katta qismida juma kuni kunduzi yomgʻir yogʻishi davom etadi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida biroz yogʻingarchilik faqat ayrim joylarda boʻlishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchsiz yomgʻir faqat ertalab yogʻadi. Havo harorati +5…+10 daraja iliq, shimolda 0…+5 daraja iliq atrofida boʻladi.
Poytaxtda esa vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, dam olish kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0…+3 daraja iliq, kunduzi shanba kuni +8…+10 iliq, yakshanba kuni +10…+12 daraja iliq boʻladi.
Shanba kuni respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik toʻxtaydi, faqat respublika janubi-sharqiy hududlarining baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻadi. Yakshanba kuni Oʻzbekistonning barcha hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.
Havo harorati kechasi 0…+5 daraja iliq atrofida, baʼzi joylarda -2 daraja sovuqqacha borishi mumkin, kunduz kuni esa havo +7…+12 darajagacha isiydi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida 17−18-fevral kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Togʻli hududlarda dam olish kunlari qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling