Chilonzorda yuk mashinasi velosipedchini urib yubordi, 22 yoshli bola vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahrining Chilonzor tumani, TXAY-Chorbog‘ ko‘chalari kesishgan chorrahada 15-fevral kuni soat 18:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, haydovchi 1969-yilda tug‘ilgan Y.A. HOWO yuk avtomobili hamda bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 2004-yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvidagi velosiped bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida velosiped haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling