Futbol. O‘zbekiston U-23 jamoasi Livanni mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi 1-turdan so‘ng 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo Chempionati o‘tkazilmoqda. 

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan turnirda O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ishtirokini boshladi. 1-turda vakillarimiz Livanga qarshi maydonga chiqdi. 

24, 50 va 57-daqiqalarida o‘zbekistonlik yoshlar urgan gol evaziga 3:0 hisobida oldinga o‘tildi. Livanliklar 65 va 90+5-daqiqalarda gol bilan javob berdi. 

Yakuniy hisob 3:2, O‘zbekiston terma jamoasi 1-turdan so‘ng 3 ochkoga ega bo‘ldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling