Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida 16-iyun kuni Markaziy Osiyodagi birinchi lyuks poyezd – Samarkand Express loyihasini muvofiqlashtirish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitim imzolandi. Bu haqda Madaniyat va san‘atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Bitimni Arsenale International bosh direktori Raffaele Breski, jamg‘arma raisi Gayane Umerova va O‘zbekiston temir yo‘llari boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Xikmatulla Raxmetov imzoladi.
Hujjat O‘zbekistonning madaniy va turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihani muvofiqlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini belgilab beradi.
Yangi poyezd Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivani bog‘lab, xalqaro sayyohlar uchun mamlakatning tarixiy merosi va Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishlari bilan tanishishning yangi shaklini yo‘lga qo‘yadi.