Yangi yil kuni sodir bo‘lgan YTHda bir kishi vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Toshkentning Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasida 31-dekabr kuni soat 21:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

2005-yilda tug‘ilgan J.R. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 1991-yilda tug‘ilgan Y.N.ni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling