O‘zbekistondagi barcha umumta‘lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilidagi dars jarayonlari 2-sentabr, chorshanba kunidan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma‘lumotlariga ko‘ra, joriy yilda mamlakat bo‘ylab 795 mingdan ortiq o‘quvchi birinchi sinfga qabul qilinadi.
Birinchi sinf o‘quvchilariga yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshiriladi.