Olmaliqda 16 yoshli qiz maktabda vafot etdi

Holat bo‘yicha prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi maktabda voyaga yetmagan qiz vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan holda o‘rganilmoqda.

Aniqlanishicha, 2026-yil 28-yanvar kuni Olmaliq shahrining 5-sonli maktabida o‘quvchi 2009-yilda tug‘ilgan K.Y. sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Uning doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan prokuratura tomonidan Toshkent viloyati MMTBga va viloyat IIBBga xizmat tekshiruvi o‘tkazish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.

Bolalar ombudsmani Toshkent viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili mazkur holatda bolaning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilishi bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda. 

O‘rganish natijalari va tergovga qadar tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma‘lumot beriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling