Mangal fest sabab Sergelidagi Sug‘diyona ko‘chasining bir qismi to‘rt kunga yopiladi

Cheklov 23-iyuldan 27-iyulga qadar amal qiladi.

Mangal fest-2026 festivali o‘tkazilishi munosabati bilan Sergeli tumanidagi Sug‘diyona ko‘chasining bir qismida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu hadqa Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Cheklov 23-iyul soat 00:00 dan 26-iyul soat 24:00 gacha amal qiladi. 

Bu davrda Sug‘diyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi bilan kesishmasidan Jaloyir ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi transport vositalari uchun yopiladi.

Shu sababli haydovchilarga yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish hamda aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling