O‘zbekistonliklar 28-fevral kuni oltita sayyoradan iborat paradni kuzatish mumkin

Paradda Merkuriy, Venera, Neptun, Saturn, Uran va Yupiter sayyoralar ishtirok etadi.

28-fevral kuni oltita sayyoralardan iborat parad sodir bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, ushbu sayyoralar paradida Quyosh tizimidagi oltita sayyora, ya‘ni Merkuriy, Venera, Neptun, Saturn, Uran va Yupiter sayyoralar ishtirok etadi.

Shu kuni quyosh ufqqa botgandan keyin ushbu sayyoralar paradini mamlakatning barcha hududlaridan kuzatish mumkin. Ushbu sayyoralar paradida sayyoralar osmon sohasining chorak qismini egallaydi va paradda ishtirok etadigan sayyoralarni osmonning janubiy-g‘arbiy qismidan topish mumkin. 

Ushbu paradda ishtirok etadigan sayyorlardan faqat 4 tasini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Bbular – Merkuriy, Venera, Saturn va Yupiter. Neptun va Uran sayyoralari esa juda xira bo‘lganligi sababli ularni ko‘rish uchun maxsus optik uskunalar (teleskop yoki binokl) kerak bo‘ladi.

Merkuriy va Venera Quyoshga juda yaqin bo‘lganligi sababli ular parad vaqtida ufqqa juda yaqin bo‘ladi. Bu ularni osmonda ko‘rish imkoniyatini kamaytiradi.

Rasmda Mars sayyorasi Yerdan qaralganda Quyoshdan avval ufqqa botib ketishini tushunish qiyin emas. Shu sababli Mars sayyorasi bu safar paradda ishtirok etmaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling