Respublika bo‘yicha barcha metan "zapravka”lar 22-dekabr soat 10:00 dan 16:00 gacha odatdagi rejimda faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Vazirlik 11-dekabr kuni metan “zapravka"lar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritilishini xabar bergandi.
Bunga qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani sabab sifatida ko‘rsatilgan.