Yerdagi yovvoyi hayvonlar soni so'nggi 50 yilda o'rtacha 70 foizga kamaygan

Bu oʻrmonlarning kesilishi, sanoat miqyosida atrof-muhitning ifloslanishi fonida sodir boʻlgan

Foto: pixabay.com

Foto: pixabay.com

"The Guardian" nashrining yozishicha, salkam 50 yil vaqt ichida sayyoradagi yovvoyi hayvonlarning populyatsiyasi oʻrtacha 69 foizga kamaydi. Bu oʻrmonlarning kesilishi, sanoat miqyosida atrof-muhitning ifloslanishi fonida sodir boʻlgan.

Qayd etilishicha, 1970-2018 yillar oraligʻida hayvonlar populyatsiyasida tez pasayish kuzatilgan. Lotin Amerikasi va Karib havzasi mintaqasida, jumladan, Amazonkada yovvoyi hayvonlar populyatsiyasining eng keskin qisqarishi roʻy bergan.

Ikkinchi eng katta pasayish Afrikada – 66 foiz, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida – 55 foiz va Shimoliy Amerikada – 20 foiz. Yevropa va Markaziy Osiyoda esa pasayish 18 foizni tashkil etdi.

Yerdan foydalanishning oʻzgarishi hali ham sayyoradagi biologik xilmaxillikni yoʻqotishning eng muhim omili boʻlib qolmoqda. Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, hayvonlar uchun yashash tobora qiyinlashib bormoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling