Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkent metrosidagi poyezdlardan biri eshigi ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mashinistga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishi belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda metro poyezdi vagoni eshigi ochiq holda harakatlangani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK izoh berdi.

Taʼkidlanishicha, 14-aprel kuni soat 12:53 larda “Alisher Navoiy” metro bekatidan harakatlanishi rejalashtirilgan 34-sonli harakat tarkibida yo‘lovchilar qabul qilingandan so‘ng mashinist tomonidan eshiklarni yopish buyrug‘i berilgan. Ammo uchinchi vagonning birinchi eshigi to‘liq yopilmagan.

Shunga qaramay, mashinist “O‘zbekiston” metro bekati tomon harakatni davom ettirgan. 

Harakat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida poyezd bekatda to‘xtatilib, yo‘lovchilar tushirilgan hamda harakat tarkibi texnik ko‘rik yo‘lagiga olib ketilgan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mashinistga nisbatan qat‘iy intizomiy chora ko‘rilishi belgilangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling