Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

U 2023-yildan bugungacha Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Mirmuxammad Mirxamidov Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

M. Mirxamidov Adliya katta maslahatchisi hisoblanadi. 

U 2006-yildan boshlab prokuratura tizimi organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.  

2023-yildan bugungi kungacha Bosh prokuratura sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonuniylik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling