Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Toshkent shahrining Mirobod tumani, Shahrisabz-Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasida 7-mart kuni soat 00:10 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Spark, Epica, BYD va Nexia-2 avtomashinalari o‘zaro to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Spark haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas‘ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling