Mirobod tumanining ayrim hududlarida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari sabab 6-avgust kuni Mirobod tumanidagi iste‘molchilarga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

6-avgust kuni Mirobod tumanining ayrim hududlarida ta‘mirlash ishlari sabab tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Gaz ta‘minoti soat 10:00 dan 18:00 gacha quyidagi hududlarda vaqtincha o‘chiriladi:

“Salar” MFY — Nukus-1 tor ko‘chasidagi 20 ta ko‘p qavatli uy hamda 3 ta ulgurji iste‘molchi;

“Fayzobod” MFY — Fayzobod ko‘chasidagi 50 ta xonadon hamda 2 ta ulgurji iste‘molchi.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling