Ta‘mirlash ishlari tufayli 20-fevral kuni Toshkentning uchta tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
- Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 12:00 gacha) - “Ahillik” MFY;
- Olmazor tumani (10:00 dan 17:00 gacha) - “Orzu", “Quyosh” va “Chustiy” MFY;
- Shayxontohur tumani (10:00 dan 17:00gacha) - “Xuvaydo”, “Zafarobod”, “Tinchlik” va “Ilg‘or” MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.