Toshkentning ikkita tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 6-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hududlar:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 09:00 dan 18:00 gacha) — “Beshkapa” MFY
  • Olmazor tumani (10:00 dan 17:00 gacha) — “Qorasaroy" MFY

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling