Ta‘mirlash ishlari tufayli 14-may kuni Toshkent shahrining ikkita tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) — “Sarbon” va “Temuriylar” MFY ;
Sergeli tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha) — “Xonobod” va “Qutbaraka” MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.