23-iyul kuni ta‘mirlash ishlari sabab Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltintepa” MFYda gaz 10:00 dan 17:00 gacha, Yangihayot tumanidagi “Chortoq” MFYda esa 11:00 dan 16:00 gacha o‘chiriladi.
Shuningdek, Shayxontohur tumanidagi “Yangi Beltepa” MFY, Ibn Sino dahasidagi 15-B ko‘p qavatli uyga tortilgan past bosimli gaz quvurida sizib chiqish aniqlangani sabab 23-iyul soat 09:00 dan mazkur uydagi 106 ta xonadonda gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Hozirda avariya brigadasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.