Ta‘mirlash ishlari tufayli 26-iyun kuni Toshkent shahrining ikkita tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
- Mirzo Ulug‘bek tumani, “Sho‘rtepa” MFY, soat 10:00 dan 17-00 gacha;
- Yashnobod tumani, “Olmos” MFY, soat 10:00 dan 18-00 gacha.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.