Ta‘mirlash ishlari tufayli 27-aprel kuni Toshkent shahrining uchta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) — “Chimyon” MFY;
Yunusobod tumani (soat 11:00 dan 15:00 gacha) — “Xasanboy”, “Hamkorobod” MFY;
Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 14:00 gacha) — “Humo” MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.