Toshkentning ikkita tumanida elektr vaqtincha to‘xtatiladi

Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Toshkent shahrining ikkita tumanida 25-dekabr kuni elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr bilan ta‘minlovchi “Sulton”, “Marjon” hamda “Qazitarnov” uzatmalaridan ta‘minlanuvchi yangi o‘tkazilgan quvvati 6 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini ishga tushirish maqsadida uzilishlar kuzatiladi. 

  • Yunusobod tumani: «Mirzo Ulug‘bek», «Buyuk Turon», “Bodomzor”, «Shayh Shivli», «Yangi Tarnov», “Firdavsiy”, “Xiyobontepa” hamda “Bo‘zsuv” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: «Katta Darxon» hamda “Oqqo‘rg‘on” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.

Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling