Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Toshkentda qurilish obyektlarini loyihalash bilan shug‘ullanuvchi MCHJning ofis menejeri va maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs aldov yo‘li bilan tadbirkorning ishonchiga kiradi.

Xususan, ular o‘zlariga tegishli bo‘lmagan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50 sotix yerni tadbirkorga 4 mln dollarga sotishga kelishgan. 

Ular oldindan avans sifatida 100 ming dollar, shuningdek, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali ushbu obyektni noturar toifadan turar toifaga o‘tkazib berish va u yerda kottej tipidagi uy qurishi uchun ruxsatnoma olish, arxitektura va loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa tegishli ishlarni bajarib berish evaziga 200 ming dollar so‘rab, oldindan 100 ming dollar talab qiladi. 

O‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki shaxs 200 ming dollarni olgan vaqtlarida ushlandi.

Holat yuzasidan ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy sheriklarini shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling