Toshkentning beshta tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining beshta tumanida 26-mart kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Ushbu hududlar:

Mirzo Ulug‘bek tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Sarbon”, “Mevazor” va “Temuriylar” MFYlaridagi yerli xonadonlar va ulgurji isteʼmolchilar;

Sergeli tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Sadoqat” MFY Xonobod, Taraqqiyot va Tabarruk ko‘chalari, “Xonobod” MFY Xonobod , Kichik soy ko‘chalari va “Keng makon” MFY Buyuk avlod ko‘chasidagi yerli xonadonlar va ulgurji isteʼmolchilar;

Bektemir tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Zabardast‘” MFY Furqat ko‘chasidagi yerli xonadonlar;

Mirobod tumani (10:00 dan 12:00 gacha): Qo‘sh ko‘prik va Mehribon ko‘chalaridagi yerli xonadonlar va ulgurji isteʼmolchilar;

Yashnobod tumani (10:00 dan 12:00 gacha): ko‘p qavatli uylar va ulgurji isteʼmolchilar .

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling