Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi

Loyiha qiymati 2,7 mlrd dollarlik ekani ta‘kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda qiymati 2,7 mlrd dollarlik loyiha mamlakat sanoat qudratini yana-da mustahkamlaydigan, tabiiy boyliklarni chuqur qayta ishlashga xizmat qiladigan zamonaviy industrial majmua ekani ta‘kidlandi.

3-mis boyitish fabrikasi Yangi O‘zbekistonning tog‘-kon va metallurgiya sanoatini yangi texnologik bosqichga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi

Davlat rahbari fabrikani qurishda faol ishtirok etayotgan barcha ishchi-xodimlar, quruvchi va mashinistlar, muhandis va texnologlar, geolog va konchilar, o‘zining tajribasi va kasbiy salohiyati bilan yoshlarga ustozlik qilayotgan faxriylar, loyihaga o‘z hissasini qo‘shayotgan xorijiy hamkorlarga chuqur minnatdorchilik bildirdi. 

Prezident fabrika faoliyatiga start berdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling