Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda quriladigan elektr stansiyasi uchun 100 million yevro ajratadi

ITB Uganda, Indoneziya, Iordaniya, Gayana, Yaman, Zambiya, Hindiston va Bosniya kabi a’zo davlatlari uchun ham turli maqsadlarda grant paketlarini tasdiqlagan

Foto: Sport.uz<br>

Foto: Sport.uz

Islom taraqqiyot banki (ITB) unga a’zo to‘qqizta davlatda turli sektorlarni rivojlantirish loyihalari uchun jami 1,12 milliard dollar ajratganini ajratdi.

 Shunindek, oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, transport, energetika, shaharsozlik, ta’lim, suv va sanitariya kabi bir qator boshqa loyihalar uchun 1,79 million dollarlik grantni ma'qulladi.

BAAning WAM davlat axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, bank boshqaruvi O‘zbekiston uchun ham davlat-xususiy sherikchilik mexanizmi doirasidagi loyihalarni ma’qullagan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston uchun Surxondaryo viloyatida 100 million yevrolik kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi mamlakatning energiya iste’moliga ortib borayotgan talabini qondirish hamda eskirgan va samarasiz gazda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarining o‘rnini bosishga qaratilgan.

Ma'lum qilinishicha, Bank O‘zbekistonda transport loyihalarini davlat tomonidan moliyalashtirish doirasida jami 106,7 million dollar mablag‘ ajratishni tasdiqlagan.

Shuningdek, ushbu loyiha mamlakatda soha infratuzilmasini yaxshilashi, fermerlar va savdogarlar uchun bozorlarga kirishni osonlashtirishi hamda a’zo mamlakatlar uchun mintaqaviy integratsiya va turizmni kuchaytirishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, ITB Uganda, Indoneziya, Iordaniya, Gayana, Yaman, Zambiya, Hindiston va Bosniya kabi a’zo davlatlari uchun ham turli maqsadlarda grant paketlarini tasdiqlagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling