Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 6 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Bolalar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi.

8-fevral kuni Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan yana 6 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Bola huquqlari vakili so‘roviga ko‘ra, Rossiya Bolalar ombudmani tomonidan zaruriy ko‘mak choralari ko‘rsatilib, bolalar uchun barcha qulay va munosib shart-sharoitlar ta‘minlandi.

Natijada 8-fevral kuni keyingi guruh - 6 nafar bola (4 nafari - Moskva shahridan, 2 nafari Moskva viloyatidan) IIV mas‘ullari tomonidan O‘zbekistonga qaytarildi.

Hozirda olib kelingan bolalar Toshkent shahar IIBB huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi.

Endi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarga yaqinlarining vasiyligini qonuniy tartibda belgilash choralari ko‘rilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling