Soliq qo‘mitasi sobiq birinchi rais o‘rinbosari Mubin Mirzayev 8 yil 2 oyga qamaldi

U firibgarlik, mansab vakolatini suiiste‘mol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topildi.

Bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Soliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev va yana sakkiz nafar shaxsga oid jinoyat ishi yuzasidan hukm o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Sud hukmiga ko‘ra, Mubin Mirzayev juda ko‘p miqdordagi firibgarlik, mansab vakolatini juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda suiiste‘mol qilish hamda hokimiyat harakatsizligi jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Unga 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazositayinlandi.

Qolgan sakkiz nafar sudlanuvchi shaxsga doir ma‘lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, hujjatlarni qalbakilashtirish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topildi. 

Ularga 5 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sud yetkazilgan zararni undirishni ham belgiladi. Tayinlangan jazolar sudlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan kundan boshlab hisoblanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling