Sobiq ichki ishlar vaziri o‘rinbosari va Davaktiv agentligi sobiq direktori ishi yopiq sudda ko‘rilmoqda

Shuningdek, A. Ashurov va yana uch nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ham yopiq sud majlisida mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.

Toshkent shahrida jamoatchilik e‘tiboridagi bir nechta jinoyat ishlari yopiq sud majlislarida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

Sobiq ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B. Abdullayev va yana 29 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi Yangihayot tuman sudi tomonidan (Yunusobod tuman sudi binosida) ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining sobiq direktori A. Ortiqov va yana besh nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi Mirobod tuman sudida, A. Ashurov hamda yana uch nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi esa Bektemir tuman sudida mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.

Sudlarning ma‘lum qilishicha, ushbu jinoyat ishlarida qonun bilan qo‘riqlanadigan hamda shaxsiy hayotga oid ma‘lumotlar mavjudligi sababli, sud ajrimlari asosida barcha jarayonlar yopiq sud majlislarida o‘tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, sud jarayonlari yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma‘lumot beriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling