Muruntov konida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar ishchi-xodim halok bo‘ldi. Bu haqda NKMK matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa 21-iyul kuni soat 05:30 atrofida kon hududida avtoag‘dargich va xizmat avtomashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari tomonidan hodisaning sodir bo‘lish holatlari va kelib chiqish sabablari yuzasidan maxsus tekshiruv o‘tkazilmoqda.