1-sentabr kuni O‘zbekistonda havo harorati 3−5 darajaga pasayadi

Toshkentda bayram kuni kunduzi 30−32 daraja, kechasi esa 16−18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yozning so‘nggi kunlarida O‘zbekiston hududining katta qismida issiq ob-havo saqlanib, kunduzgi harorat 33−38 daraja, janubning ayrim joylarida 39−40 darajagacha yetadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Avgustning so‘nggi kunlarida mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlariga salqin havo massalari kirib kela boshlaydi. 31-avgustga kelib bu hududlarda kunduzgi harorat 25−30 darajagacha pasayadi.

1-sentabr kuni nisbatan salqin havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqalib, havo harorati 3−5 darajaga pasayadi.

Ushbu kunlarda asosan quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat 28−29-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston shimolida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13−18 m/s, ba‘zida 20−22 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 28−30-avgust kunlari 35−38 daraja, 31-avgustda 34−36 daraja, 1-sentabrda esa 30−32 daraja bo‘ladi. Kechasi harorat asosan 20−22 daraja, 1-sentabrda 16−18 darajani tashkil etadi.

Shamol shimoli-g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esib, vaqti-vaqti bilan 10−12 m/s gacha kuchayishi va shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling