Mustaqillik shoh ko‘chasining Parkent ko‘chasi kesishmasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qatnov qismi 16-iyul soat 01:00 dan 31-iyul soat 22:00 gacha transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahri Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma‘lum qildi.
Qayd etilishicha, ko‘chaning mazkur qismida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va yo‘l qoplamasini yangilash ishlari olib boriladi.
Shu bilan birga, 16-iyul soat 02:00 dan boshlab Mustaqillik shoh ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan ta‘mirlangan qismi barcha transport vositalari harakati uchun ochiladi.
Haydovchilarga harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.