Namanganda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyatining Norin tumani, Xo‘jaqo‘rg‘oncha mahallasidan o‘tgan yo‘lda 18-fevral kuni soat 10:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Damas boshqarib ketayotgan haydovchi Norin-Cho‘ja yo‘nalishida belgilangan tezlikni oshirib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. U o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan boshqa bir Damas bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida to‘qnashuv kelib chiqishiga sabab bo‘lgan Damas‘ning old o‘rindig‘ida bo‘lgan 1 nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan. 

Har ikkala haydovchi va yana 2 nafar yo‘lovchi esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman shifoxonaga yetkazilgan. 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling