Namanganda savdo do‘koni 1 mlrd so‘mdan ortiq elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Do‘kon elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, ta‘minot korxonasiga 1,08 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

Namangan shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Tekshiruvda yakka tartibdagi tadbirkor U.Z.ga qarashli savdo do‘koni elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani ma‘lum bo‘lgan.

Qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 1,08 mlrd so‘m zarar yetkazilgani hisoblangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling