Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Asaka tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Xususan, mazkur tumanda yashovchi, 1988-y.t. shaxsning yonida bo‘lgan 1 dona nomsiz sprey idishdagi nomaʼlum suyuqlik va 2 dona nomsiz dori vositalari vaqtincha saqlovga olindi.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Xo‘jaobod tumanidagi unga tegishli xonadonda narkolaboratoriya tashkil etilganligi maʼlum bo‘ldi.
Narkolaboratoriyadan sprey idishlarda bo‘lgan nomsiz suyuqliklar, oq rangli kukunsimon moddalar, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda narkotiklar tayyorlashda kerak bo‘ladigan anjomlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalar “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik vositasi hamda “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi hisoblanadi.
Hozirda narkolaboratoriya egasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.