Navoiy xalqaro aeroportida 2030-yilgacha parvozlar soni 2,3 barobarga oshiriladi

Navoiy xalqaro aeroportida loyihaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi.

Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligi oshiriladi. Bu bo‘yicha prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Navoiy xalqaro aeroportida loyihaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi.

Jumladan, 2030-yilga kelib aeroportda amalga oshirilayotgan parvozlar soni 2,3 barobarga oshirilib, yiliga 7 mingtaga yetkaziladi.

Yo‘lovchi tashish hajmini yiliga 150 ming nafarga hamda yuk tashish hajmi 45 ming tonnaga yetkaziladi.

“Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ “Uzbekistan Airports” AJning markazlashgan operativ boshqarish tizimidan ajratilgan holda uning faoliyatiga loyihaviy boshqaruv tamoyillari joriy etiladi.

MCHJ ijro etuvchi organiga quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi beriladi:

o‘z daromadlari hisobidan aviatsiya xizmatlari eksportini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha xizmatlar turlarini kengaytirish;

havo kemalariga aviayonilg‘i quyish va xorijiy aviatashuvchilar tomonidan olib kelingan aviayonilg‘ini saqlash bo‘yicha jahon aviatsiya bozori konyunkturasiga mos tariflarni belgilash.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling