Navoiy viloyatining bir qator hududlari davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat MMTB xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, bunga joriy hafta davomida viloyatda havo haroratining 44–45 darajagacha ko‘tarilishi sabab bo‘ladi.
Ushbu hududlar:
- Uchquduq tumani — 14-iyuldan 17-iyulgacha;
- Nurota tumani — 14-iyuldan 17-iyulgacha;
- Tomdi tumani (2-, 4-, 5-son Davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari) — 14-iyuldan 17-iyulgacha;
- Konimex tumani (1-,2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-,13-,14-,15-,16-,17-son Davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari) — 14-iyuldan 17-iyulgacha.
Viloyatning boshqa hududlaridagi davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablari hamda zarur shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
Davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari 20-iyuldan boshlab odatiy tartibda o‘z faoliyatini davom ettiradi.