Navoiyda avtobus ag‘darilishi natijasida 2 kishi vafot etdi

Yana tan jarohatlari olgan 9 nafar fuqarolar shifoxonaga yotqizilgan.

Navoiy viloyatining Tomdi tumanidan o‘tgan yo‘lda 5-yanvar kuni soat 7:40 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Salonida 47 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusni Zarafshon-Navoiy yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotgan 1986-y.t. fuqaro Sh.X. rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tomonga chiqib ketib, ag‘darilgan.

Hodisa oqibatida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. 

Turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olgan 9 nafar fuqarolar tibbiyot muassasalariga yotqizilgan.

Hozirda viloyat IIB tomonidan voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling