Toshkent shahar hokimligi Navro‘z bayramida qayerlarda bayram sayllari bo‘lishi haqida maʼlumot berdi.
Asosiy bayram manzillari:
21–22-mart — "O‘zbekiston ovozi" turizm ko‘chasi (Bosh manzil)
21–22-mart — Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasi
21–23-mart — “Navro‘z” etno bog‘i
21-mart — Al-Xorazmiy turizm ko‘chasi
Shuningdek, quyidagi manzillarda ham sayillar bo‘lib o‘tadi:
21-mart — Yunusobod tumani, Yunusobod Galereya majmuasi oldi
21-mart — Bektemir tumani, “Coca-Cola” bog‘i
21-mart — Mirzo Ulug‘bek tumani, "Sentral Park"
21-mart — Sergeli tumani, markaziy xiyobon
21-mart — Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi (Beruniy metrosi yonida)
21–22)-mart — Shayxontohur tumani, "Anhor Lokomotiv" bog‘i
21–22-mart — Shayxontohur tumani, "Tashkent City" bog‘i
21-mart — Uchtepa tumani, “Seul” ekobog‘i
21-mart — Chilonzor tumani, G‘ofur G‘ulom bog‘i
21-mart — Yakkasaroy tumani, “Next” savdo majmuasi
21-mart — Yashnobod tumani, "Ashxobod sayilgohi" bog‘i
21-mart — Yangihayot tumani, “Mehrigiyo” maydoni
Manzillarda milliy taomlar va ko‘klam ne‘matlarining keng namoyishi bo‘ladi.
Shuningdek, sumalak, halim, somsa va an‘anaviy palov tayyorlash jarayonlari hamda ularni tatib ko‘rish imkoniyati mavjud.
Shu bilan birga, taniqli san‘atkorlar ishtirokida konsert dasturlari va hunarmandchilik hamda amaliy san‘at ko‘rgazmalari rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, milliy o‘yinlar, xalq tomoshalari va qiziqarli bellashuvlar guvohi bo‘lish mumkin.