2026-yilgi Navro‘z bayrami “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” g‘oyasi asosida o‘tkaziladi

“Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, holidan xabar olish tashkil etiladi.

Prezidentning 2026-yilgi Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan joriy yilgi bayramni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi.

Bayramni nishonlash bo‘yicha “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda targ‘ibot tadbirlari dasturi tasdiqlanadi.

“Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, holidan xabar olish tashkil etiladi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi, “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyalari, umumxalq hasharlari tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling