Nukusga ikki oyda 44 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Yangi avtobuslar shahar ichidagi yo‘nalishlarda brutto-shartnoma asosida qatnaydi.

So‘nggi ikki oyda Nukus shahriga 44 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ma‘lum qilinishicha, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi “Fayz Avangard” MChJ 32 ta, “Mangit Lestorg” MChJ esa 12 ta zamonaviy avtobus xarid qilgan.

Qayd etilishicha, yangi avtobuslar jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz qatnovni ta‘minlash hamda transport tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Yangi keltirilgan avtobuslar Nukus shahridagi ichki yo‘nalishlarga brutto-shartnoma asosida joylashtiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling