Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Harorat foni biroz pasayadi. Shanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlarda va cho‘l zonasida, yakshanba kuni esa respublikaning barcha hududlari bo‘yicha kunduzgi havo harorati 20-25 daraja iliqni tashkil etadi. Harorat kechalari 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, shamol 10-12 m/s tezlikda kuchayishida momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

Harorat asosan kechalari 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling