Ushbu ish haftasida O‘zbekiston bo‘yicha nam havo kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Mamlakat hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Havo harorati kunduzi asosan 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi, hafta o‘rtasida esa 8-11 daraja iliqqacha pasayadi.
Harorat kechalari nisbatan 7-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi, hafta o‘rtasida3-6 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublika shimolida harorat kechalari 2 daraja sovuq, 3 daraja iliqdan 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha o‘zgarib turadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayadi, 9-10 fevralda ayrim joylarda ba‘zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Tog‘li hududlarda yog‘inganrchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda 10-13-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kunduz kunlari asosan 11-16 daraja iliq bo‘ladi, 11-fevralda 8-10 daraja iliqqacha pasayadi.
Harorat kechalari 8-10 daraja iliqdan 3-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 9-14 m/s gacha kuchayadi.