Toshkentning ikkita tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 7-avgust kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Olmazor tumani: “Qo‘shtut", “Achaobod”, ”Go‘zalboshi” va “Xazratiimom” MFYlari 

  • Aholi xonadonlar soni: 727 ta yerli xonadon, 10 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 19 ta

Shayxontohur tumani: “Ko‘kota” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 100 ta yerli xonadon, 5 ta ko′p qavatli uy
  • Ulgurji iste‘molchilar soni 8 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling