Toshkentning bitta tumanida to‘rt kun elektr vaqtincha o‘chiriladi

Bunga “Sag‘bon” podstansiyasida yangi o‘rnatilgan elektr qurilmalarini ishga tushirish sabab bo'ladi.

Toshkentning ikkita tumanida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi

Jumladan, 19–23-dekabr kunlari Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida zarur holatlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Bunga “Sag‘bon” podstansiyasida yangi o‘rnatilgan elektr qurilmalarini ishga tushirish, sinov-sozlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr ta‘minotida uzilishlar kuzatiladi. 

Ushbu hududlar: “Ahil”, “Bo‘stonobod”, “G‘alaba”, “Gulsaroy”, «Islom ota», “Istiqbol”, “Moyariq”, “Oltinsoy”, “Paxta”, “Qichqiriq”, “Tabassum”, “Tepaguzar”, “Umid”, «Yangi Toshkent», “Yoshlik”  hamda “Elparvar” MFYlari.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling