Toshkent shahrining Olmazor tumani, Sebzor-Nurafshon ko‘chalari chorrahasida 15-mart kuni soat 05:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.
Lacetti hamda Matiz o‘zaro to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Matiz haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.