Farg‘ona viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.
Oltiariq tumanida "A. O. O." fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari hisoblagichga tashqi ta‘sir ko‘rsatilgan.
Natijada 1 mlrd 125 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston tumanida fuqaro S. O‘. ga qarashli suv nasosi hisoblagichini ulanish sxemasini o‘zgartib tarmoqdan foydalanish holati qayd etildi.
Keltirilgan zarar dastlabki hisoblarga ko‘ra, 295 mln so‘mni tashkil qildi.