Buxoroda fuqaroga davlat zaxirasidagi yerni olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

290 gektar yerni auksion orqali olib berishni vaʼda qilib, fuqarodan 600 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yashovchi xususiy tadbirkor Buxoro viloyati Peshku tumanidagi oltin va boshqa qimmatbaho metallarga ega davlat zaxirasidagi 290 gektar yerni auksion savdolari orqali olib berishni vaʼda qilgan

U bu ishni o‘zining mansabdor tanishlari yordamida hal qilib berishini aytgan. 

Buning evaziga u Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan 600 ming dollar talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun bir necha marotaba sudlangan mazkur shaxs oldindan 230 ming dollar va 840 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling