Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yilning mart oyiga to‘g‘ri keladigan bayramlardagi dam olish kunlari haqida maʼlumot berdi.
Mazkur oyda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni, Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami nishonlanishi kutilmoqda.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, agar bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Shu sabab 8-mart yakshanbaga to‘g‘ri kelgani uchun, 9-mart dushanba dam olish kuni bo‘ladi.
Bunda 5 kun ishlovchilar 7-mart – shanba kuni ham dam olishi mumkin.
Bundan tashqari, Navro‘z bayrami 21-mart – shanbaga to‘g‘ri kelgani uchun 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun 23-mart dushanba kuni ham dam olinadi.
Ramazon hayiti 20 yoki 21-mart kunlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.
"Natijada ayrim xodimlar mart oyida atigi 19 kun ishlaydi. Bayram kunlari munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari eʼlon qilinishi mumkin", deyiladi vazirlik xabarida.